Turkiya Ko’rfaz davlatlari o’rtasidagi kelishuvni yuqori baholadi

“Turkiya Ko’rfaz davlatlari o’rtasida o’zaro ishonch asosida strategik hamkorimiz Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi bilan rasmiy hamkorligimizni davom ettirishga tayyormiz”,-deyiladi bayonotda.

1558297
Turkiya Ko’rfaz davlatlari o’rtasidagi kelishuvni yuqori baholadi

 

Turkiya Ko’rfaz davlatlari o’rtasida ta’minlangan o’zaro kelishuvni mamnuniyat bilan baholadi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Turkiya Saudiya Arabistonining Al-Ula shahrida bo’lib o’tgan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining 41-sammitida Ko‘rfaz davlatlari ihtilofini bartaraf etish yo’lida tashlangan qadamni yuqori baholadi. Shuningdek, Qatar bilan diplomatik aloqalarning tiklanishi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

“Turkiya Ko’rfaz davlatlari o’rtasida o’zaro ishonch asosida strategik hamkorimiz Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi bilan rasmiy hamkorligimizni davom ettirishga tayyormiz”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Ko'rfaz davlatlari , #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar