Chavusho‘g‘lu, Somalida hujumga uchragan turk shirkati sohibi Zorlu bilan uchrashdi

Chavusho‘g‘lu, Somalida hujumga uchragan turk shirkati En - Ez sohibi Hidayet Zorlu bilan uchrashdi.

1557887
Chavusho‘g‘lu, Somalida hujumga uchragan turk shirkati sohibi Zorlu bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Somalida hujumga uchragan turk shirkati En - Ez sohibi Hidayet Zorlu bilan uchrashdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Zorlu, Chavusho‘g‘lu bilan o‘rinbosari Yavuz Selim Kiranga hujum haqida ma’lumot bergan.

Zorluning qayd etishicha, Somalida ikki yildan beri turk shirkati va unda ishlaganlarga qarshi hujum uyushtirilmoqda.

Chavusho‘g‘lu uchrashuv chog‘ida Zorluga halok bo‘lgan ishchilari uchun ta’ziya izhor etib, tan jarohati olgan ishchilariga shifo tilagan.

Eslatib o‘tamiz, Somali poytaxti Mogadishu bilan Afgoya mintaqasi o‘rtasidagi yo‘l qurilishi faoliyatini o‘z zimmasiga olgan En - Ez shirkatiga qarshi shu yilnig 2 - yanvari kuni uyushtirilgan terror hujmida 5 kishi halok bo‘lar ekan 14 kishi tan jarohati olgandi. Halok bo‘lganlardan 2 nafari, tan jarohati olganlarning esa 3 nafarining Turk fuqarosi ekani ma’lum bo‘lgan. 

 


Tanlangan kalimalar: #Mevlut Chavusho‘g‘lu , #En-Ez , #Somali

Aloqador xabarlar