Prezident Erdo‘g‘an Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqat qildi.

1551311
Prezident Erdo‘g‘an Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an ushbu uchrashuvda Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan.

Erdo‘g‘an Aliyevga oilasi va xalqi bilan birga sog‘ - salomat, tinch va uzoq umr ko‘rishini tilagan.

Aliyevning yurtining farovonlik va rivojlanishi bilan birga mintaqaning tinchlik va barqarorligi uchun sarf etgan g‘ayratining tarixiy ahamiyatga ega ekanini belgilab o‘tgan Erdo‘g‘an, Turkiya - Ozarbayjon munosabatlarining rivojlanishi uchun qo‘shgan hissalari uchun Aliyevga minnatdorchilik bildirgan.

Erdo‘g‘an shuningdek, Turkiya - Ozarbayjon qardoshligi va birdamligining har tarmoqda mustahkam tus olib, davom etishiga ishonchi komil ekanini ifoda etgan.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar