Turkiya Sharqiy O'rta yer dengizida georazvedka faoliyatini davom ettiradi

Turkiyaning “Oruch Reis” seysmik tadqiqot kemasi Sharqiy O’rta yer dengizidagi faoliyatlarini 2021 yil 15 iyunga qadar davom ettirish to’g’risida Navtex (dengizchilarga e’lon) e’lon qildi.

1550205

E’longa ko’ra, “Oruch Reis” kemasiga “Ataman” va “Chingizxon” nomli kemalar ham hamrohlik qiladi.
Bundan avvalgi Navtex e’lonida kemaning 2020 yil 29 noyabrgacha O’rta yer dengizidagi faoliyatlarini davom ettirishi ma’lum qilingandi.

Ta’kidlash joizki, Turkiyaning “Oruch Reis” seysmik tadqiqot kemasi Sharqiy O‘rta yer dengizidagi o‘z kontinental shelfida geologiya-razvedka ishlarini olib boradi, shuningdek uch qirrali geofizik, gidrografik va okeanografik tadqiqotlarni amalga oshirish qudratiga ega.
Kema 8 ming metr chuqurlikkacha 3 qirrali, 15 ming metr chuqurlikkacha 2 qirrali seysmik operatsiyalarni olib bormoqda.

Aloqador xabarlar