Chavusho‘g‘lu: “AQShning sanksiya qarori ham huquqiy, ham siyosiy jihatdan noto‘g‘ri”.

Chavusho‘g‘lu, ishtirok etgan telekanal dasturlaridan birida AQShning Turkiyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan sanksiya haqida ma’lumot berdi.

1547094
Chavusho‘g‘lu: “AQShning sanksiya qarori ham huquqiy, ham siyosiy jihatdan noto‘g‘ri”.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ning sanksiya qarorining ham huquqiy, ham siyosiy jihatdan noto‘g‘ri ekanini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu, ishtirok etgan telekanal dasturlaridan birida AQShning Turkiyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan sanksiya haqida ma’lumot berdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu,

“AQShning sanksiya qarori ham huquqiy, ham siyosiy jihatdan noto‘g‘ri qadamdir. Bir mamlakat tomonidan bir tomonli qabul qilingan qarordir. Turkiya yoki boshqa bir davlatning mustaqillik haqlariga hujum qilishdir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu,

“Sanksiya tarkibi, bizni unchalik ham zaiflashtiradigan va salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sanksiya emas.  Voz kechilsa, bugungacha amalga oshirilardi. Sanksiyaning bizga qanday ta’sir qilishi mumkinligi masalasini boshidan oxirigacha do‘stlarimiz ko‘rib chiqmoqda va albatda bunga muvofiq qadamlarimizni tashlaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu AQSh bilan munosabatlarning qayta tiklanishi uchun Turkiyaning talablarining ham bajarilishi kerakligini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar