Prezident Erdo‘g‘an:“Yevropa ittifoqi strategik ko‘rlikdan tezroq qutilishi kerak”

Erdo‘g‘an, Xalqaro Universitetlar kengashi va O‘rta yer dengizi universiteti tomonidan mamlakatning Antaliya shahrida uyushtirilgan Sharqiy O‘rta yer dengizi tadbirida videomurojaat orqali ishtirok etdi.

1540930
Prezident Erdo‘g‘an:“Yevropa ittifoqi strategik ko‘rlikdan tezroq qutilishi kerak”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Yevropa ittifoqi (YeI) ning strategik ko‘rlikdan tezlik bilan qutilishi kerakligini qayd etdi.

Erdo‘g‘an, Xalqaro Universitetlar kengashi va O‘rta yer dengizi universiteti tomonidan mamlakatning Antaliya shahrida uyushtirilgan Sharqiy O‘rta yer dengizi tadbirida videomurojaat orqali ishtirok etdi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Yevropa ittifoqi strategik ko‘rlikdan tezlik bilan qutilishi kerak. Kiprning grek qismi va Gretsiya tomonidan Sharqiy O‘rta yer dengizida taran sifatida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim”. – dedi.

Birlik va birdamlik bahonasi bilan Kipr turklari va Turkiyaga nisbatan ortiqcha nohaqlik qilinmasligi kerakligini eslatib o‘tgan Prezident,

“Sharqiy O‘rta yer dengizi qirg‘og‘idagi davlatlar bilan Kipr turklari o‘rin oladigan bir konferensiya uyushtirilishi haqidagi taklifimizga haligacha javob berilmadi. Suhbatdoshlarimizdan Turkiya uzatgan qo‘lga qo‘l uzatishlarini kutamiz. Gretsiya bosh bo‘lish bilan birga O‘rta yer dengizida bizga qo‘shni barcha mamlakatni bu muammoga, nol summali o‘yin sifatida qarashdan voz kechishga chaqiraman. Aql va samimiyat bilan qadam tashlanganida hammaning haqqini himoya qiluvchi, yutuq asosidagi bir yovl topa olishimizga ishonchim komil”. – dedi.

Erdo‘g‘an, Turkiya kabi O‘rta yer dengizining eng uzun qirg‘og‘iga ega davlatning bu yerda yuz bergan voqealarni bir chetda tomosha qilib o‘tirishi imkonsiz ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Prezident Erdo‘g‘an shuningdek,

“Yurtimizning, Antaliya qirg‘oqlariga qamashni nishonga olgan reja va xaritalarni qabul qilmasligini ochiq – oydin aytdik. Hechkimning haq va huquqini bosib olish payida emasmiz. Haqqimizni qo‘limizdan tortib olishga uringan qoroqchi ko‘z qarashga qarshi kuchlimiz. Yurtimiz Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasining aslo taranglik orqali emas tinchlik, hamkorlik, haqiqat va adolat asosida hal qilinishini xohlaydi”- degan ifodalarga o‘rin berdi.  



Aloqador xabarlar