Erdo‘g‘an bugun Anqaradagi ba’zi elchilarning ishonch maktubini qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bugun poytaxt Anqaradagi ba’zi elchilarning ishonch maktubini qabul qildi.

1541116
Erdo‘g‘an bugun Anqaradagi ba’zi elchilarning ishonch maktubini qabul qildi
Staffan Herrström.jpg
Nikolaus Meyer-Landrut.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Malayziyaning Anqaradagi elchisi Sazali bin Mustafa Kemalni qabul qildi.

Poytaxt Anqarada Prezidentlik kulliyasidagi qabulda Sazali bin Mustafa Kemal, Prezident Erdo‘g‘anga ishonch maktubini taqdim etdi.

Sazalining ushbu taqdimoti ortidan Prezident Erdo‘g‘an bilan esdalik uchun suratga tushildi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Shvetsiyaning Anqaradagi elchisi Staffan Herrstryomni qabul qildi.

Prezidentlik kulliyasidagi ushbu qabulda Herrstryom, Erdo‘g‘anga ishonch maktubi taqdim etdi.

Herrstryomnnig turmush o‘rtog‘i va ba’zi elchixona xodimlari Prezident Erdo‘g‘anga bo‘lgan taqdimot ortidan esdalik uchun suratga tushdi.

Erdo‘g‘an, Yevropa ittifoqining Turkiyadagi hay’ati rahbari Nikolaus Meyer – Landrutni ham qabul qildi.

Prezidentlik kulliyasidagi qabulda elchi Meyer – Landrut, Erdo‘g‘anga ishonch maktubi taqdim etdi.

Meyer - Landrutning turmush o‘rtog‘i va ba’zi elchixona xodimlari Prezident Erdo‘g‘anga taqdimoti ortidan esdalik uchun birgalikda suratga tushdi.



Aloqador xabarlar