Turkiya va Qatar o'rtasida 10 ta hujjat imzolandi

Anqarada prezident saroyida o'tgan samarali muzokaralar yakunida Turkiya va Qatar o'rtasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

1535217
Turkiya va Qatar o'rtasida 10 ta hujjat imzolandi

 

Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani Turkiyaga tashrifini yakunlab Qatarga jo’nab ketdi. Oliy martabali mehmon uchrashuv va muzokaralarni samarali deb baholadi.

“Anqarada qardoshim Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan Turkiya-Qatar hamkorligi bo’yicha o’ta samarali va muvaffaqiyatli muzokaralarni amalga oshirdik”,-deb yozadi Qatar amiri Twitterdagi sahifasida.

Qatar amirining ta’kidlashicha, Turkiya va Qatar xalqlarining yaxshiligi va manfaati uchun hamkorlik faoliyatlarini yangi bosqichga ko'tarish maqsadida ikki davlat imkoniyatlaridan to’liq foydalanishga qaror berildi.

Al Sani Prezident Erdo’g’an bilan ba’zi strategik masalalar, shuningdek ahamiyatga molik xalqaro mavzular va mintaqaviy o’zgarishlar to’g’risida fikr almashganligini ma’lum qilgan.

Qatar amirlik devonining yozma bayonotiga ko’ra, Qatar amiri Al Sani samimiy mehmondo’stlik uchun Erdo’g’anga minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, Turkiya xalqi va hukumatiga, ayniqsa prezident Erdo’g’anga ezgu-tilaklarini izhor etgan.

“Qatar va Turkiya ikki davlat o’rtasidagi mustahkam qardoshlik aloqalarini va har sohada strategik hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha qat’iy irodaga ega ekanligini namoyon qildi”,-deyiladi bayonotda.

Ta’kidlash joizki, Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani kecha 26 noyabrda Anqaraga tashrif buyurgandi. Oliy martabali mehmon Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan Prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimdan so’ng Erdo’g’an va Al Sani o’zaro uchrashuv amalga oshirdi, so’ngra keng doiradagi hay’atlararo uchrashuvlar bo’lib o’tdi.

Shuningdek, Turkiya va Qatar oliy strategik qo’mitasining 6-yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani raislik qildi.

Muzokaralar yakunida Erdo'g'an va Al Sani huzurida Turkiya va Qatar o’rtasida 10ta soha bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bundan tashqari, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog'li bilan Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani Turkiya Respublikasi va Qatar Davlati o'rtasida Oliy darajali strategik qo'mitasining oltinchi yig'ilishiga doir qo'shma dekloratsiyaga imzo chekdi.

 



Aloqador xabarlar