Dunyoning eng muvaffaqiyatli olimlar ro‘yxatiga Turkiyadan 857ta olim kiritildi

Dunyoning eng muvaffaqiyatli olimlar ro‘yxatiga Turkiya nomidan 857 olim kiritildi. Bu haqida Qora dengiz Texnik universiteti tomonidan ma'lum qilindi.

1534462
Dunyoning eng muvaffaqiyatli olimlar ro‘yxatiga Turkiyadan 857ta olim kiritildi

 

Dunyodagi eng muvaffaqiyatli olimlar ro‘yxatining dastlabki 2 foizida Turkiya nomidan 857 olim o‘rin oldi.

Qora dengiz Texnik universiteti tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Stanford universiteti olimlaridan professor doktor John P. A. Ioannidis va uning ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi guruhi tomonidan, turli kategoriyada dunyoning 7 million olimi orasida birinchi 2 foizlik guruhga kirgan 160 ming kishidan tashkil topgan ro‘yhat, “Plos Biology” jurnalida chop etilgan.

Ro‘yhat tayyorlanar ekan olimlarning h – indeksi, nashr va keltirilgan iqtiboslari (sitata) soni kabi muhim mezonlari nazarda tutilib, asosiy 22 ilmiy soha bilan kichik 176 sohada saralash ishlari yuritilgan.

Ro‘yhatda Turkiya nomidan 2019 – yil ma’lumotlariga asosida 857 olim o‘rin olgan.

 

 



Aloqador xabarlar