Erdo’g’an Chad Respublikasi prezidenti Idris Deby Itno bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti ma’muriyati huzuridagi kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida Turkiya-Chad munosabatlarini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

1533739
Erdo’g’an Chad Respublikasi prezidenti Idris Deby Itno bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Chad Respublikasi prezidenti Idris Deby Itno bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyati huzuridagi kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Turkiya-Chad munosabatlarini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Erdo’g’an Chad Respublikasi bilan har sohada yaqindan hamkorlik qilish orzusini tilga oldi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berganligini ma’lum qildi.

Suhbat davomida yaqinlashib kelayotgan Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibligiga saylovlar haqida fikr almashildi.


Tanlangan kalimalar: #Idris Deby Itno , #Chad , #Turkiya

Aloqador xabarlar