Erdo‘g‘an, pandemiya davridagi Turkiyaning iqtisodiy tartibiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda, Turkiya Eksportchilar majlisi hay’atini qabul qildi.

1530995
Erdo‘g‘an, pandemiya davridagi Turkiyaning iqtisodiy tartibiga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Turkiya yangi global, siyosiy va iqtisodiy tartibda o‘z kuchini va ta’sir doirasini kengaytirish uchun har qanday imkon va infratuzilmaga egadir”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda, Turkiya Eksportchilar majlisi hay’atini qabul qildi. Qabul chog‘ida yangi turdagi koronavirus pandemiyasining butun dunyoni shu jumlardan Yevropa, Turkiyani ham murakkab vaziyatga tushirganini ko‘rish, undan xabardor bo‘linishi kerakligini qayd etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an qabulda shuningdek:  

“Nima bo‘lishidan qat’iy nazar pandemiya jarayonini rivojlangan davlatlarning ham oldida boshqarganimiz ma’lum. Xalqimizning salomatligi bilan iqtisodiyotimizning ehtiyojlari orasidagi eng ideal muvozanatni topib, yo‘limizni davom etishga urinmoqdamiz. Global, siyosiy va iqtisodiy kuch muvozanatlarida faqatgina 100 yilda bir uchraydigan bir o‘zgarish yuz berganini hamma tan olmoqda. Demokratiyamizni, haq va erkinliklarni, huquqni mustahkamlash orqali investitsiyani jonlantirib, iqtisodiyotimizni o‘stirib, ish bilan bandlikni ko‘paytiramiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar