Akar: “Turk - rus harbiy hay’ati o‘rtasida texnik uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar: “Turk - rus harbiy hay’ati o‘rtasida texnik uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi”.

1529408
Akar: “Turk - rus harbiy hay’ati o‘rtasida texnik uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning qayd etishicha Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida qo‘l qo‘yilgan Qorabog‘dagi otashkesim kelishuvi ortidan, turk va rus harbiy hay’ati tomonidan olib boriladigan faoliyatlarni qo‘lga olish maqsadida poytaxt Anqarada texnik uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.  

Akar yetakchiligida Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshlig‘i general Yashar Guler, Harbiy – havo kuchlari va Harbiy – dengiz kuchlari qo‘mondonlari bilan Milliy Mudofaa vaziri o‘rinbosarlaridan Yunus Emre Karao‘smano‘g‘lu va Alpaslan Kavaklio‘g‘luning ham ishtirokida videomuloqat yo‘li orqali yig‘ilish uyushtirildi.  

Hulusi Akar unda Tog‘li Qorabog‘dagi otashkesim ortidan Turkiya va Rossiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida anglashuv memorandumiga qo‘l qo‘yilganini yodga soldi.

Akar shuningdek,

“Bularning hammasi ramka. Buning ostini to‘ldirish uchun ishlash kerak. Buning ustidan keng ko‘lamli texnik hay’at keldi Rossiyadan. Uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. O‘zaro faoliyatlar davom etmoqda” – deya gapirdi.

Akar, Armanistonning bosib olgan tuproqlarni tark etar chog‘ida uy – joylar va o‘rmonlarga o‘t qo‘yib yuborilishiga ham e’tiroz bildirdi.



Aloqador xabarlar