Turkiyada koronavirus sababli yangi cheklov choralari joriy etildi

Dam olish kunlari komendantlik soati joriy etiladi, soat 20:00dan 10:00gacha ko‘chaga chiqish taqiqlanadi. Shuningdek, yil oxirigacha maktablar masofaviy ta'limga o‘tadi.

1529496
Turkiyada koronavirus sababli yangi cheklov choralari joriy etildi

 

Bugun, 17 noyabrda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda global xatar – koronavirusga qarshi vaksina va dori ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlar ko’zdan kechirildi. Epidemiyaga qarshi qo’shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an koronavirus sababli mamlakatda yangi cheklov choralari joriy etilganini ma'lum qildi.

Jumladan, savdo markazlari, marketlar, bozorlar, sartaroshxonalar va go'zallik salonlari Turkiya vaqti bilan soat 10:00dan 20:00gacha ishlaydi. Bar va restoranlar faqat taom yetkazib berish uchungina faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. Barcha kinoteatrlar yil oxirigacha yopiladi. Shuningdek, yil oxirigacha maktablar masofaviy ta'limga o‘tadi. Mamlakat bo'ylab barcha sport faoliyatlari, musobaqalar tomoshabinsiz o'tkaziladi.

Dam olish kunlari komendantlik soati joriy etiladi, soat 20:00dan 10:00gacha ko‘chaga chiqish taqiqlanadi.

Oxirgi kunlarda Turkiyada koronavirus tarqalish darajasi keskin oshib ketdi. Mamlakat bo'ylab kuniga uch mingdan ortiq koronavirus holatlari aniqlanmoqda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #komendantlik soati , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar