Turkiya ShKTRga yana 500 o‘rinli kasalxona qurib bermoqchi

Prezident Rajap Tattip Erdo‘g‘an, Nikosiyada Tez yordam kasalxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

1528231
Turkiya ShKTRga yana 500 o‘rinli kasalxona qurib bermoqchi

Prezident Rajap Tattip Erdo‘g‘an, Nikosiyada Tez yordam kasalxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) ning ozod etilishining 37 – yilligi munosabati bilan kecha poytaxt Nikosiyaga tashrif buyurgan Erdo‘g‘an, shaharda Turkiyaning qo‘llab – quvvatlashi bilan 45 kunda qurib bitkazilgan Tez yordam kasalxonasining ochilish marosimida ShKTR Prezidenti Ersin Tatar bilan birgalikda ishtirok etdi.  

Prezident Erdo‘g‘an ochilish marosimi chog‘ida Shimoliy Kiprga Turkiya tomonidan, yana 500 o‘rinli kasalxona qurib berilishi haqidagi suyunchli xabarni yetkazdi. 

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi keng tarqagan bir davrda, shaxsining Bosh vazirlik vazifasini yuritganini yodga solgan ShKTR Prezidenti Ersin Tatar esa,

“Bu jarayonda bizlarga har doimgidek yordam bergan, albatta ona vatanimiz Turkiya va uning Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, vitse – prezident Fuat O‘ktay bilan Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja edi”. – dedi.

Marosimda gapirgan ShKTR Sog‘likni Saqlash vaziri Ali Pilli esa, qisqa vaqt ichida qurib bitkazilgan Tez yordam kasalxonasining, Turkiyaning global ma’noda qanday kuchda ekanini ham yaqqol ko‘rsatganini ta’kidladi.

Ikki prezident 46 yil ortidan bir qismi ochilgan Yopiq Marashga ham tashrif buyurgach, ShKTR Prezidentlik binosida matbuotga yopiq ravishda bir uchrashuv amalga oshirdi.

Unda Turkiya bilan ShKTR o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning bundan ham mustahkamlanishi uchun tashlanadigan qadamlar bilan Kipr da’vosi va Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyatlar haqida fikr almashgani ma’lum bo‘ldi.  

 



Aloqador xabarlar