Erdo'g'an Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrif buyurdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an tashrifi doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topganining 37 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

1528148
Erdo'g'an Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrif buyurdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun, 15 noyabr kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qildi.

Erdo'g'an tashrifi doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topganining 37 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirlarda ishtirok etdi. Marosim doirasida poytaxt Nikosiyadagi Otaturk yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.

Erdo'g'an va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Otaturk yodgorligi poyiga gulchambar qo'ydi va hurmat bajo keltirdi. Istiqlol gimni kuylandi, bayroqlar ko'tarildi.

Prezidentlar Erdo'g'an va Tatar yodgorlik majmuasi xotira daftarini imzoladi.

Marosimdan so'ng Erdo'g'an va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar o'zaro uchrashuv amalga oshiradi.

 

 

 



Aloqador xabarlar