Turkiya bilan Rossiya, Qorabog‘ masalasi ustidan bugun ham yig‘ilish o‘tkazadi

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan kecha boshlagan uchrashuvlar haqida bayonot berildi.

1527620
Turkiya bilan Rossiya, Qorabog‘ masalasi ustidan bugun ham yig‘ilish o‘tkazadi

Turk va rus askarlari hay’ati o‘rtasida Qorabog‘dagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvi ortidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan faoliyatlar ustidan poytaxt Anqarada uyushtirilgan uchrahsuvlar bugun ham davom etadi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan kecha boshlagan uchrashuvlar haqida berilgan bayonotda:

“Rossiya Federatsiyasi hay’ati bilan Turk – rus qo‘shma nazorat markazi (tashkil etish) ustidan olib borilgan yig‘ilishlar bugun ham davom etadi”. – deyildi.

Bayonotda shuningdek,

Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasida qo‘l qo‘yilgan o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvi shartlarining bajarilishi, ishg‘ol ostidagi barcha tuproqlarning Ozarbayjonga qaytarib berilishi, mintaqada tinchlik va farovonlik muhitining qayta o‘rnatilishi jarayonning yaqindan kuzatilishi, amal qilinmasligiga yo‘l qo‘yilmasligi, ehtiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa unda hech ikkilanmay Ozarbayjonga har jihatdan yordam berilishi yana bir bor ta’kidlandi.

Bayonot yakuni,

“Ozarbayjon kurashi - bizning ham kurashimiz, quvonchi - bizning ham quvonchimiz, dardi – bizning ham dardimizdir!” – degan so‘zlar bilan tamomlandi.  



Aloqador xabarlar