Turkiyaning uchinchi burg‘ulash kemasi “Qonuniy”, Istanbuldagi “Haydarpasha” portidan yo‘lga chiqdi

Turkiyaning uchinchi burg‘ulash kemasi “Qonuniy”, Istanbuldagi “Haydarpasha” portidan yo‘lga chiqdi. Uni kuzatish marosimida Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez ham ishtirok etdi.

1527201
Turkiyaning uchinchi burg‘ulash kemasi “Qonuniy”, Istanbuldagi “Haydarpasha” portidan yo‘lga chiqdi

Turkiyaning uchinchi burg‘ulash kemasi “Qonuniy”, Istanbuldagi “Haydarpasha” portidan yo‘lga chiqdi.

Uni kuzatish marosimida Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez ham ishtirok etdi.

Fatih Do‘nmez marosimda Qora dengizda olib borilgan faoliyatlar haqida gapirdi va bu borada:

Fatih burg‘ulash kemasi Tuna – 1 ortidan Sakariya tabiiy gaz sohasidagi Türkali – 1 da yangi faoliyatini boshladi va hozirdan e’tiboran 2 ming 600 metrgacha tushdi. Yavuz kemasi esa Selchuklu – 1 da burg‘ulashni 6 ming metrda tamomladi. Umid baxsh etgan natijalar oldik va mintaqaning yaqinlarida yangi burg‘ulash faoliyatlarimiz qayd etiladi”. – dedi.

Sakariya gaz sohasida o‘rin olgan Türkali – 1 qudug‘ida yo‘lga qo‘yiladigan testlar orqali mavjud zaxira va ishlab chiqarish salohiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot olinishi kutilar ekan bu qudug‘dagi faoliyatlar ayni vaqtda sohaning gaz salohiyatini yana – da yaxshiroq anglab yetishga imkon beradi.

Bu orqali Türkali – 1 qudug‘i Farih burg‘ulash kemasi qazish ishlari olib boradigan birinchi aniqlash quduqlaridan biriga aylanadi va sohaning texnik xususiyatlarini belgilashda muhim rol o‘ynaydi.

Fatih, gaz topilgan Sakariya gaz sohasida aniqlash quduqlarini ochar ekan Qonuniy quduq testlarini amalga oshiradi va soha rivojlantirish uchun kerakli ma’lumotlarning qo‘lga kiritilishini ta’minlaydi.

Turkiyaning Qora dengizdagi faoliyatlari doirasida jami 40 ishlab chiqarish qudug‘i ochiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qora dengiz , #Qonuniy , #burg‘ulash kemasi

Aloqador xabarlar