YTB, Venadagi voqeada politsiya xodimlariga yordam bergan turklarni tabrikladi

Chet eldagi turklar va qardosh xalqlar boshqarmasi YTB, Venadagi voqeada politsiya xodimlariga yordam bergan turklarni tabrikladi.

1521143
YTB, Venadagi voqeada politsiya xodimlariga yordam bergan turklarni tabrikladi

Chet eldagi turklar va qardosh xalqlar boshqarmasi YTB, Avstriya poytaxti Venada uyushtirilgan terror hujmida, tan jarohati olgan politsiya xodimlariga yordam bergan turklarni tabrikladi.  

YTB mavzu haqida Twitterda qoldirgan postida:

“Venada yuz bergan terror hujmi natijasida halok bo‘lganlar oilasiga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz. Tan jarohati olgan politsiya xodimlariga yordam bergan qahramon turklarni, chin qalbimizdan tabriklaymiz. Turkiya, bu murakkab kunda Avstriya xalqining yonidadir.” – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Avstriya poytaxti Venada kecha uyushtirilgan terror hujmida 3 kishi halok bo‘lar ekan, 15 kishi tan jarohati olgandi.


Tanlangan kalimalar: #YTB , #politsiya xodimlari , #Venadagi voqea

Aloqador xabarlar