Erdo‘g‘an, Turkiyaning o‘z ko‘z qarashi asosida harakat qilishni davom etishini bildirdi

Prezident Erdo‘g‘an, 29 – oktabr Jumhuriyat bayrami munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

1517393
Erdo‘g‘an, Turkiyaning o‘z ko‘z qarashi asosida harakat qilishni davom etishini bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiyaning o‘z ko‘z qarashi va yo‘liga ko‘ra harakat qilishni davom etishini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, 29 – oktabr Jumhuriyat bayrami munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

Erdo‘g‘an bayram murojaatida,

“Jumhuriyatning 100 – yilligini nishonlash arafasida, 2023 – yilgi rejalarimizni bajarish qarorliligi bilan yo‘limizni davom ettirmoqdamiz”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, murojaatida quyidagi so‘zlarga ham o‘rin berdi.

“Ozodlik kurashida yettidan yetmishgacha bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqargan xalqimiz bugun ham birlik, birdamlik va qardoshlik ichida kelajagini insho etmoqda.

Turkiyaning o‘z irodasi bilan harakat qilishidan bezovta bo‘lganlarning so‘zlari va harakatlarining bundan buyon ham hech qanday hukmi qolmadi.

Yurtimiz kimning nima deyishiga va nima qilishiga qaramay o‘z ko‘z qarashi va yo‘liga ko‘ra harakat qilishni davom etadi.

Tashkil etuvchi iroda qanday qilib ishg‘oldan qutqargan bo‘lsa unda biz ham maqsadlarimizga huddi ana shunday yetishda qarorlimiz”. 



Aloqador xabarlar