Turk tomoni Kiprda adolatli, doimiy va barqaror yechimni yoqlaydi

Prezident Erdo‘g‘an, prezident etib saylanishidan keyin birinchi amaliy tashrifi bilan Turkiyaga kelgan ShKTR Prezienti Ersin Tatar bilan o‘zaro uchrashuvi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

1516471
Turk tomoni Kiprda adolatli, doimiy va barqaror yechimni yoqlaydi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an turk tomonining Kiprda adolatli, doimiy va barqaror yechimni yoqlashini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, prezident etib saylanishidan keyin birinchi amaliy tashrifi bilan Turkiyaga kelgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) prezienti Ersin Tatar bilan o‘zaro uchrashuvi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Erdo‘g‘an unda,

“Turkiyaning Kiprda adolatli, doimiy va barqaror yechimni yoqlashi borasidagi irodasi abadiydir”. – dedi.

Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyatga ham to‘xtalgan Prezident, taranglikdan mas’ul tomonning, 2003 – yildan beri ogohlantirishlarga quloq solmagan, konstruktiv takliflarni e’tiborga olmagan Gretsiya va Kiprning grek qismi ekanini qayd etdi. Erdo‘g‘an o‘z so‘zini:

“Kiprning grek qismi Kipr turk xalqini teng sherik sifatida qabul qilmagani bois uglevodorod daromadlarining bo‘lishilishi masalasidagi chaqiruvlarni ham javobsiz qoldirdi. Kiprning grek qismi o‘z yetakchiligi ostida Kipr turklarini ozchilik qatori ko‘rishni xohlagani bois teng huquqlarini tortib olishni davom ettirmoqda. Kiprdagi ikki boshqa xalq va ular tashkil etgan ikki boshqa davlat hozirda mavjud”. - deya davom ettirdi.

Tatarni saylovdagi g‘alabasi munosabati bilan yana bir bor tabriklagan, saylovlarning Kipr turk xalqining demokratik madaniyatini yaqqol ko‘rsatgan shaffof va siyosiy yetuklik muhitida o‘tganini eslatib o‘tgan Prezident Erdo‘g‘an, 15 – noyabrda ShKTRga tashrif uyushtirishini ham ma’lum qildi.

ShKTR Prezidenti Tatar esa,

“Hechkimning haqqida ko‘z tikkanimiz yo‘q lekin xalqimizning, millatimizning haq va huquqining oyoqosti qilinishiga ham ruxsat bermaymiz”. – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar