Ibrahim Kalin bilan Robert C. O’Brien, Ozarbayjon – Armaniston masalasini qo‘lga oldi

Ibrahim Kalin, Robert C. O’Brien bilan telefon orqali muloqat qildi.

1516648
Ibrahim Kalin bilan Robert C. O’Brien, Ozarbayjon – Armaniston masalasini qo‘lga oldi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trampning Milliy Xavfsizlik masalalalari bo‘yicha maxsus vakili Robert C. O’Brien bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra unda, Ozarbayjon – Armaniston masalasi bosh bo‘lish bilan birga Suriya, mintaqaviy masalalar, xavfsizlik tarmog‘idagi hamkorlik va o‘zaro munosabatlar qo‘lga olingan.

Qorabog‘ masalasini diplomatik yo‘llar bilan hal qilish yo‘llarini izlashning muhim ekani ta’kidlangan uchrashuvda, Armaniston tomonining o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini paymol qilishi va tinch aholini nishonga olgan hujumlarining xalqaro huquq talabiga javob bermasligi shuningdek, bu harakatlarning qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri ekani qayd etilgan.

Bayonotda, shuningdek:

“Doimiy va barqaror yechim uchun Armanistonning Yuqori Qorabog‘ va atrofida bosib olgan tuproqlardan butunlay chiqib ketishi shart ekani takrorlangan. Ozarbayjonning hududiy yaxlitligining ta’minlanishi xususida xalqaro hamjamiyatning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi (BMTXK) va Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) qarorlari asosida konkret qadamlar tashlashi kerakligi ham ta’kidlangan.

Suriyaning Idlib viloyatidagi o‘q uzmaslik mintaqasida rejim va uni qo‘llab – quvvatlovchilari tomonidan oxirgi davrlarda orttirilgan hujumlarning xavotirga solganiga e’tibor qaratilgan. (Suriyada) Yangi inqiroz ehtimollarining tug‘ilmasligi uchun 5 – mart (Turkiya va Rossiya o‘rtasida Idlibda o‘q uzishni to‘xtatish uchun qo‘l qo‘yilgan) kungi kelishuvning saqlanishi va konstitutsiya faoliyatlari bilan siyosiy yechim jarayonining qo‘llab – quvvatlanishi kerakligi qat’iyan ifoda etilgan”.



Aloqador xabarlar