Erdo‘g‘an, Berlinda, ishonch erkinligini nazarga ilmagan politsiya amaliyotini qoraladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Germaniya poytaxti Berlindagi “Mavlona” jome’ masjidiga qarshi politsiya tomonidan amaliyot uyushtirilishini qoraladi.

1515030
Erdo‘g‘an, Berlinda, ishonch erkinligini nazarga ilmagan politsiya amaliyotini qoraladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Germaniya poytaxti Berlindagi “Mavlona” jome’ masjidiga qarshi politsiya tomonidan amaliyot uyushtirilishini qoraladi.

Ijtimoiy tarmoq sahifasi Twitter orqali bayonot bergan Erdo‘g‘an,

“Berlinda irqchilik va islom dushmanligidan oziqlangani ma’lum, ishonch erkinligini nazarga ilmagan politsiya amaliyotini keskin qoralayman”. – dedi.

“Turkiya sifatida, hech qanday sababning muqaddas ma’badning qo‘pollik bilan oyoqosti qilinishiga zamin yaratmasligiga ishonamiz”. – degan Prezident Erdo‘g‘an, qayerda va qanday bo‘lishidan qat’iy nazar irqchilikka, chet ellikka va islomga qarshi dushmanlikni yengishga bo‘lgan kurashni davom etajaklarini qayd etdi.

Prezident,

“Yillar davomida demokratiyaning, inson haqlari va erkinlik beshigi sifatida yodga olingan Yevropa, bugungi kunga kelib afsuski, farqliliklarga qarshi kurashgan tizimga aylandi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Berlinda, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasida ziyon ko‘rgan kichik ishxonalarga ajratilgan moddiy yordamdan “nohaqlikcha foydalanildi” degan iddio bilan, 4 ta ishxona bilan birga yuqorida nomi tilga olingan jome’ masjidiga qarshi ham bosqin uyushtirilgandi.

Chorshamba kuni ertalab yuz bergan va 150 nafar politsiya ishtirok etgan qidiruvlar chog‘ida politsiya xodimlarining, “Mavlona” jome’ masjidining gilamchalarini oyoq kiyimlari bilan bosishi va namoz vaqti bo‘lishi katta norozichilikka yo‘l ochgandi.  



Aloqador xabarlar