Erdo’g’an:"Rossiyadan xarid qilingan S-400 majmualarini sinovdan o'tkazdik"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Istanbulda kun tartibdagi dolzarb masalalar bo'yicha jurnalistlarning savollariga javob berdi.

1514777
Erdo’g’an:"Rossiyadan xarid qilingan S-400 majmualarini sinovdan o'tkazdik"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiyadan olingan S-400 zenit raketa majmualari sinovdan o’tkazilganligini ma’lum qildi.

“Sinovdan o’tkazib bo’ldik. AQShning bunga munosabati bizni qiziqtirmaydi. Biz imkoniyatlarimizdan foydalanmasak, kim foydalanadi? Buni Amerikadan so’rab o’tirmaymiz. Nafaqat S-400 majmualarini, balki boshqa ko’plab qurollarni ham sinab ko’ryabmiz. Bundan keyin ham shunday qilamiz. Gretsiyaning qo’lida S-300 majmualar bor. AQSh ulardan javob talab qilyabdimi? Biz qat’iy irodaga egamiz va aynan shu shaklda yo’limizda davom etamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Ozarbayjon-Armaniston mojarolariga to’xtalgan Erdo’g’an: “Armaniston o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilmayabdi, bundan oldin ham bergan va’dasida turmagan”,-dedi.

Prezidentning ta’kidlashicha, ikki davlat o’rtasidagi muzokaralarda Turkiya ham ishtirok etishga haqli.

“Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning bayonotini ko’rmaslikka olib bo’lmaydi. Bu jarayonda Rossiya qanchalik ihtilofni bartaraf etishda ro’l o’ynamoqchi bo’lsa, Turkiya ham shunchalik ro’l o’ynashga haqli. Aslida bu mavzuda Rossiyadan salbiy biron munosabatni ko’rmadik. Rossiya Turkiya bilan bog’liq salbiy bayonot bermadi. Xozirgacha biz nafaqat Ozarbayjon-Armaniston mojarolari bo’yicha, balki Suriya masalasi bo’yicha ham hamkorlikda ish olib bordik. Umid qilamanki, bundan keyin ham muvaffaqiyatli tashabbuslarni amalga oshiramiz. Muammolarga hamkorlikda yechim topamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.



Aloqador xabarlar