Shentop, Ozarbayjonga bo‘lgan amaliy tashrifi chog‘ida Bayramov bilan uchrashdi

Mustafa Shentop va hamrohligidagi parlament hay’ati Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligida bo‘ldi.

1512452
Shentop, Ozarbayjonga bo‘lgan amaliy tashrifi chog‘ida Bayramov bilan uchrashdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop Ozarbayjonga bo‘lgan amaliy tashrifi chog‘ida Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uchrashdi.

Mustafa Shentop va hamrohligidagi parlament hay’ati Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligida bo‘ldi.  

TBMM raisi Shentop va Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Bayramov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro va hay’atlararo uchrashuvlarda Armanistonning Ozarbayjonga qarshi uyushtirgan hujumlari, Ozarbayjon qo‘shinining vatan tuprog‘ini qutqarish uchun boshlatgan kurashi va kun tartibidagi boshqa masalalar qo‘lga olindi.

Bayramov bu jarayonda Turk davlati va xalqi ko‘rsatgan manaviy ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi. Shentop ham Turkiya sifatida Ozarbayjonning haqli kurashida qo‘llab – quvvatlashni davom etishlarini qayd etdi.



Aloqador xabarlar