Bugun Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

Yig’ilishda Ozarbayjonning ishg’ol ostidagi hududlarini ozod qilish qilish bo’yicha olib borayotgan kurashi, sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, global xatar – koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlar va buning natijalari muhokama qilinadi.

1512374
Bugun Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

 

Bugun Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

Yig’ilishda Ozarbayjonning ishg’ol ostidagi hududlarini ozod qilish qilish bo’yicha olib borayotgan kurashi, sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, global xatar – koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlar va buning natijalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, koronavirusga qarshi vaksina va dori ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlar ham ko’zdan kechiriladi. Epidemiyaga qarshi qo’shimcha chora-tadbirlar olinib, yoki olinmasligi muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Turkiya tomonidan topilgan yangi tabiiy gaz zahirasining davlat iqtisodiyotiga qo’shadigan hissasi batafsil ko’zdan kechiriladi.

Ersin Tatarning Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti etib saylangani va buning ikki davlat munosabatlariga qanday hissa qo’shishi, sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Ozarbayjon va Armaniston o’rtasidagi jangovar harakatlar, Tog’li Qorabog’dagi so’nggi vaziyat ham yig’ilish kun tartibidagi dolzarb masalalar hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rajap Tayyip Erdo’g’an

Aloqador xabarlar