Altun: “Meniki deganim meniki, seniki esa muhokama qilinadi deyilsa unda muzokara bo‘lmaydi.”

Faxrettin Altun Turkiyaning seysmik tadqiqot kemasi Oruch Reisning har doimgi texnik tekshiruv ishlari ortidan takror Sharqiy O‘rta yer dengiziga qaytishi ustidan Twitter hisobi orqali post qoldirdi.

1508142
Altun: “Meniki deganim meniki, seniki esa muhokama qilinadi deyilsa unda muzokara bo‘lmaydi.”

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi rahbari Faxrettin Altun Turkiyaning, Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasini diplomatik yo‘llardan hal qilishda qarorli ekanini eslatib o‘tgan holda,

“Barcha tomonlarni Turkiyaning diplomatik say – harakatlarini qo‘llab – quvvatlashga chaqiramiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Faxrettin Altun Turkiyaning seysmik tadqiqot kemasi Oruch Reisning har doimgi texnik tekshiruv ishlari ortidan takror Sharqiy O‘rta yer dengiziga qaytishi ustidan Twitter hisobi orqali post qoldirdi.

Oruch Reisning o‘z ishini Turkiyaning dengizda faoliyat olib borish huquqiga ega nuqtalarda davom ettirishini ta’kidlagan Faxrettin Altun mavzu haqida

“Ochig‘ini aytamiz. Muammoni diplomatik yo‘llardan hal qilish masalasida qarorimiz qat’iydir. Shunday ekan Gretsiya bosh bo‘lish bilan birga barcha tomonlarni Turkiyaning diplomatik say – harakatlarini qo‘llab – quvvatlashga chaqiramiz. Lekin meniki deganim meniki seniki esa muhokama qilinadi deyilsa unda muzokara bo‘lmaydi. Bugungi kunga osonlikcha yetib kelmadik. Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida ‘yengib o‘tilishi imkonsiz’ deyilgan to‘siqlarni yengib o‘tdik. Har doim yurtimiz, xalqimiz g‘alabaga erishdi. To‘xtamay, yo‘lni davom ettiramiz. Oruch Reisimizga oq yo‘l.” degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Oruch Reis , #Faxrettin Altun , #Gretsiya

Aloqador xabarlar