TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda

1505813
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning Shirnak viloyati va Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yo‘q qilindi. 

Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida “Panja – Qaplon” amaliyotining muvaffaqiyatli ravishda davom etganini eslatib o‘tgan holda,

“Iroqning shimolida joylashgan Haftanin mintaqasida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist, ijro etilgan havo amaliyoti orqali yo‘q qilindi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.   

Bayonotda shuningdek, amaliyotlar oxirgi terrorist yo‘q qilingunga qadar davom etishi ta’kidlandi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda esa, “Yildirim – 1” amaliyoti doirasida Judiy tog‘i mintaqasida viloyat jandarmeriya qo‘mondonligi bilan Milliy razvedka tashkiloti yetakchiligi tomonidan mushtarak amaliyot uyushtirilgan.

Harbiy – havo kuchlari qo‘mondonligi ham qo‘llab – quvvatlagan amaliyotda, qurolli 2 terrorist yo‘q qilingan.

Mintaqada amaliyot davom etmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar