Erdo‘g‘an: Turkiyaning Qatardagi harbiy o‘rni mintaqaning barqarorligi va tinchligiga xizmat qiladi

Prezident Erdo‘g‘an Qatarda ingiliz tilida chop etilgan The Peninsula gazetasiga bergan intervyusida, Turkiya va Qatar munosabati haqida gapirdi.

1505269
Erdo‘g‘an: Turkiyaning Qatardagi harbiy o‘rni mintaqaning barqarorligi va tinchligiga xizmat qiladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning Qatardagi harbiy o‘rnining butun mintaqaning barqarorligi va tinchligiga xizmat qilishini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an Qatarda ingiliz tilida chop etilgan The Peninsula gazetasiga bergan intervyusida, Turkiya va Qatarning qadimga borib taqalgan tarixiy va madaniy munosabatga ega ikki qardosh o‘lkaligini, ularning iqtisodiy, sanoat, mudofaa, xavfsizlik, investitsiya va energiya kabi keng tarmoqda strategik munosabatlari borligini ifoda etdi.

Turkiyaning Qatardagi harbiy o‘rnining nafaqat qardosh Qatarning balki butun Ko‘rfaz mintaqasining barqarorligi va tinchligiga xizmat qilishini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Tartibsizlik ustidan hisob – kitob qilganlardan tashqari hechkim, Turkiya va turk askarining Ko‘rfaz mintaqasidagi o‘rnidan bezovta bo‘lmasligi lozim.” deya gapirdi.

Erdo‘g‘an, Turkiyaning Suriya siyosati va terrorga qarshi kurash harakatlari haqidagi savollarga Turkiyaning, Suriya tuproqlarida aslo butunlay qolmasligi va hechkimning ko‘z tikmaganini ta’kidladi.

“Inqiroz butunlay hal qilinganida bizning ham Suriyada o‘rnimiz qolmaydi” degan Erdo‘g‘an Turkiyaning, butun terror tashkilotlariga qarshi qarorli kurash olib borganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi. 

Prezident Erdo‘g‘an, Liviya masalasida esa albatta qonuniylikning qozonishini, to‘ntarishchilarning mag‘lubiyatga uchrashini eslatib o‘tgan holda,

“Turkiyaning tashabbusi bilan maydonda tinchlik o‘rnatildi va bu orqali bir imkon tug‘ildi. Bu, ham Liviya ham da mintaqa tinchligi va barqarorligini saqlab qolar ekan ziyon bo‘lmasligi kerak.” dedi.

Erdo‘g‘an Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat haqida esa Turkiyaning, har doim mintaqa boyligining qirg‘oqdagi o‘lkalar o‘rtasida adolatli bo‘lishilishini qo‘llab – quvvatlaganini, buni barcha diplomatik tashabbuslarida ta’kidlaganini ifoda etdi.

Egey va O‘rta yer dengizi masalasining, Turkiyaning aslo ortga tisarilmaydigan muhim masala ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hisobga olinmagan hech qanday yechim yo‘llarini qabul qilmasligimizni har qanday platformada aytib keldik, aytishni ham davom etamiz. Haq va manfaatlarimizni har doim va har qanday sharoitda himoya qilishni qarorlilik bilan davom etamiz. Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida qarorimiz qat’iy ekanini ko‘rganlar va yurtimizga qarshi mazmunsiz tahdid va shantajlar bilan voz kechtirolmasligini tushunib yetganlar va nihoyat muzokara takliflarimizga quloq solishga majbur bo‘ldi.” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar