Erdo‘g‘an, Armanistonning Turkiyani to‘qnashuvga aralashgandek ko‘rsatish harakatini baholadi

Prezident Erdo‘g‘an, Qatarda ingiliz tilida chop etilgan “The Peninsula” gazetasiga bergan bayonotida, Ozarbayjonning Armaniston tomonidan bosib olingan tuproqlarini qutqarish uchun bergan kurashi haqidagi savollarga javob berdi.

1505379
Erdo‘g‘an, Armanistonning Turkiyani to‘qnashuvga aralashgandek ko‘rsatish harakatini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Armanistonning og‘ir zarbalar ortidan Turkiyani ham to‘qnashuvga aralashgandek ko‘rsatish say – harakatini “chorasizlik dalili” deb baholadi.

Prezident Erdo‘g‘an, Qatarda ingiliz tilida chop etilgan “The Peninsula” gazetasiga bergan bayonotida, Ozarbayjonning Armaniston tomonidan bosib olingan tuproqlarini qutqarish uchun bergan kurashi haqidagi savollarga javob berdi. 

Armanistonning qatliomga qo‘l urgan Qorabog‘ bosh bo‘lish bilan birga Ozarbayjon tuproqlarining bir qismini bosib olgani va buning qariyb 30 yildan beri davom etganini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Xalqaro hamjamiyatning bu qatliom va bosib olishlarga jimjirt qolishidan jasorat olgan Armaniston, hujumkor qadamlarini tinch aholiga qarshi yangi hujumlari bilan davom ettirdi. Ozarbayjon ham buning ustiga bosib olingan tuproqlarini qutqarish payiga tushdi va endilikda, Armanistonning qoroqchilik bilan qo‘lga kiritgan mintaqalari birma – bir qaytarib olinmoqda.” dedi.

Turkiyaning bugungacha bo‘lganidek bundan keyin ham “bir millat, ikki davlat” shiori ostida to‘g‘ri yo‘lida Ozarbayjonning yonida ekanini ta’kidlagan Prezident, Qorabog‘ masalasini butunlay hal qilish uchun Birlashgan Millatlar qarorining yo‘lga qo‘yilishi va xalqaro huquqning o‘z vazifasini bajarishi kerkaligini qayd etdi.

Turk xalqiga qarshi har qanday sharoitda hujumkor va dushmandek muomala qilishdan voz kechmagan Armanistonning mintaqada tinchlik va barqarorlik oldidagi eng katta to‘siq ekanini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“Armanistonning oxirgi bosib olish tashabbusida olgan og‘ir zarbasi ortidan turli yolg‘onlar bilan Turkiyani ham to‘qnashuvga aralashgandek ko‘rsatish say – harakati, boshiga tushgan chorasizlikning dalilidir.” deya gapirdi. 

 



Aloqador xabarlar