Prezident Erdo‘g‘an, Liviya Bosh vaziri Fayoz as – Sarrojni qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Liviya Bosh vaziri Fayoz as – Sarrojni qabul qildi.

1502689
Prezident Erdo‘g‘an, Liviya Bosh vaziri Fayoz as – Sarrojni qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Liviya Bosh vaziri Fayoz as – Sarrojni qabul qildi.

Istanbuldagi Vahdettin ko‘shkida amalga oshgan qabul qariyb bir soat davom etdi. Ortidan hay’atlararo uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra qabulda o‘zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalar qo‘lga olingan.

Prezident Erdo‘g‘an qabulda Turkiyaning Liviyaning yonida bo‘lishni davom etishini eslatib o‘tgan holda, Liviyaning bittayu – bitta qonuniy vakili Milliy kelishuv hukumati bilan aloqalarini mustahkamlash say – harakati ichida ekanliklarini ifoda etgan.

Turkiya va Liviya o‘rtasida qo‘l qo‘yilgan Dengiz chegaralarini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ham tan olinishining quvonchli qadam ekanini qayd etgan Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Liviyaning barqarorligi va liviyaliklarning tinchligi uchun har qanday yordamni berishga tayyor ekanliklarini ham ta’kidlagan.



Aloqador xabarlar