Erdo’g’an raisligida Xavfsizlik kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Tadbirda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, mudofaa, ichki ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etdi.

1496995
Erdo’g’an raisligida Xavfsizlik kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi

 

 

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida 24 sentyabr kuni Xavfsizlik kengashining mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy natijalari va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, mudofaa, ichki ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Turkiyaning xorijiy hamkorlar bilan birgalikda erishilgan amaliy natijalari, global tendensiyalar, shuningdek, jahon va mintaqada barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlar ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarga mo‘ljallangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy vazifalari belgilab olindi.

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan yig’ilishda mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan terror guruhlariga qarshi nafaqat davlat hududlarida, balki chegara ortida olib borilayotgan harbiy operatsiyalar haqida hisobot berildi.

Shu bilan birga, sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va dengiz shelfiga doir kelishmovchiliklar muhokama qilindi.

Yig’ilish yakuniga ko’ra, imzolangan dekloratsiyada quyidagilarga o’rin berildi:

“Turk xalqi o’tmishda bo’lganidek, bugungi kunda ham quruqlik, dengiz va havodagi manfaatlarini himoya qilish xususida qat’iy irodaga ega. Harbiy statusdagi orollarga qo’shin joylashtirish kabi xalqaro huquq va bitimlarga hilof harakat qilgan davlatlar sokinlikka chaqirildi. Turkiya mintaqadagi tabiiy manbalarni haqqoniy taqsimlash bo’yicha muzokaralarni yo’lga qo’yish tarafdori ekanligi yana bir bor qayd etildi”,-deyiladi dekloratsiya matnida.

“Mintaqaviy va global ihtilofda doimo haq va adolat tarafdori bo’lgan Turkiyaning sharqiy O’rta yer dengizidagi tashabbuslari huddi shu maqsad bilan amalga oshirildi. Yevropa Ittifoqi va ihtilofga aralashgan davlatlarni Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining haq va manfaatlariga hurmat ko’rsatishga chaqiramiz”,-deb ilova qilinadi dekloratsiyada.

Suriya va Liviyada barqarorlik o’rnatilishiga hissa qo’shgan Turkiya mazkur davlatlarning tinchlik va farovonlikka erishish yo’lidagi sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Shuningdek, xalqaro hamjamiyatni jabrlangan xalqlarning erkinligi va mol-mulkini talon-taroj qilgan terror guruhlariga ko’mak berayotgan davlatlarga qarshi chora ko’rishga chaqiradi.



Aloqador xabarlar