Erdo’g’an raisligida Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

Yig’ilishda sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va ushbu masala bo’yicha so’nggi vaziyat muhokama qilinadi.

1496524
Erdo’g’an raisligida Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

 

Bugun Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

Yig’ilishda sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va ushbu masala bo’yicha so’nggi vaziyat muhokama qilinadi.

Prezident Erdo’g’anning Liviya bosh vaziri Fayoz as-Sarroj bilan imzolagan kelishuv sharqiy O’rta yer dengizidagi o’zgarishlarda muhim jarayon bo’lgandi.

Kelishuvga imzo chekkan Sarroj oktyabr oyi oxirida lavozimni topshiradi.

“Sarrojdan keyingi Liviya” moddasi Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishining asosiy kun tartibini tashkil qiladi.

Shuningdek, terror tashkiloti PKKga qarshi mamlakat hududlarida va chegara ortida olib borilayotgan harbiy operatsiyalar va uning natijalari ko’rib chiqiladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Milliy xavfsizlik kengashi , #MGK , #Turkiya

Aloqador xabarlar