Iroqning shimolida PKK ga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi

Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi.

1494372
Iroqning shimolida PKK ga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi

Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Iroqning shimolidagi Avashin mintaqasida kashfiyot va kuzatuv yo‘li orqali aniqlangan va terror hujmi uyushtirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganligi ma’lum bo‘lgan PKKga a’zo 2 terrorist, uyushtirilgan havo amaliyoti orqali yo‘q qilingan.

Bayonotda, oxirgi terrorist ham yo‘q qilingunga qadar amaliyotlarning davom etishi qayd etildi.

Vazirlik tomonidan berilgan navbatdagi bayonotda esa Suriyada, “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzgan va mintaqaga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 3 terroristning yo‘q qilingani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, Ichki Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, “Yildirim – 5” amaliyoti doirasida, 22 – avgust kuni Hatay – Amanoslar chegarasida yo‘q qilingan 3 terroristning, “qidirilgan terroristlar” ro‘yhatida “kul rang” kategoriyasida (500 ming liragacha mukofat puli bilan) qidirilgan terroristlar ekanligi qayd etildi.



Aloqador xabarlar