Erdo’g’an Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan muloqot qildi

Ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Turkiya-Germaniya munosabatlari va ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

1492109
Erdo’g’an Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o’tkazdi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Turkiya-Germaniya munosabatlari va ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Prezident Erdo’g’an sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar bo’yicha haqqoniy munosabatda bo’lingan taqdirda, kelishmovchiliklar o’zaro muzokaralar natijasida hal qilinishi mumkinligini tilga oldi.

Yevropa davlatlari sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar bo’yicha adolatli bo’lishi kerakligiga e’tibor qaratgan Erdo’g’an Turkiya o’z manfaatlarini himoya qilish xususida yana-da qat’iy va faol siyosat olib borishini ma’lum qildi.

  



Aloqador xabarlar