Bozkir: “Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi muammo diplomatik yo‘llar orqali hal qilinishi kerak."

Volkan Bozkir, BMT Bosh qarorgohida uyushtirilgan marosim orqali o‘z vazifasini qabul qilib olar ekan ortidan matbuot anjumani uyushtirdi. Unda kelasi hafta boshlashi rejalashtirilgan BMT sammiti va kun tartibini baholadi.

1491713
Bozkir: “Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi muammo diplomatik yo‘llar orqali hal qilinishi kerak."

BMTning 75 – Bosh assambleyasi prezidenti Volkan Bozkir, Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi muammoning muloqat va diplomatik yo‘llar orqali hal qilinishi kerakligini qayd etdi.

Volkan Bozkir, BMT Bosh qarorgohida uyushtirilgan marosim orqali o‘z vazifasini qabul qilib olar ekan ortidan matbuot anjumani uyushtirdi. Unda kelasi hafta boshlashi rejalashtirilgan BMT sammiti va kun tartibini baholadi.

Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiya va Gretsiya o‘rtasida yuz bergan muammo haqidagi savolga qarshi Bozkir,

“Vaziyatni kuzatyapman va bunday muammolar muloqat va diplomatik yo‘llardan hal qilinishi kerak. Turkiya bilan Gretsiya NATO ga a’zo va ularning kuchli madaniy va iqtisodiy aloqalari bor. Albatta dunyoda va mintaqada tinchlik va barqarorlikni ko‘rishni xohlayman” dedi.

Volkan Bozkir, BMT 75 – Bosh assambleyasi yig‘ilishida Covid – 19 ga qarshi kurash masalasida, maxsus majlis uyushtirilishini lekin uning qachon ekanligi hali hanuz noma’lumligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar