BMTning 75 – Bosh assambleyasi prezidenti Volkan Bozkir, o‘z vazifasini boshladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 – Bosh assambleyasi prezidenti Volkan Bozkir, o‘z vazifasini boshladi.

1491508
BMTning 75 – Bosh assambleyasi prezidenti Volkan Bozkir, o‘z vazifasini boshladi

BMTning 75 – Bosh assambleyasi prezidenti Volkan Bozkir, o‘z vazifasini boshladi.

BMT Bosh qarorgohida uyushtirilgan marosimda Bozkir, 74 – Bosh assambleya prezidenti Tijjani Muhammad - Banddan vazifasini qabul qilib oldi.

Bozkir marosimda so‘zlagan nutqida, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining BMTning 75 – Bosh assambleyasi uchun tuzilgan rejalarga o‘zgartirish kiritganini belgilab o‘tgan holda,

“Bugungi kunda niqoblarimiz bizga biz duch kelgan jiddiy xavfni, biz yo‘qotgan hayotlarni, hal qilishimiz kerak bo‘lgan muammolarni va hammamizning bitta kemada ekanligimizni yodga solmoqda.” dedi.

Pandemiyaning ko‘p tomonli tizimni tanqid qilganlar tomonidan bir tomonli qadamlarni qonuniylashtirish, xalqaro tizimlarni zaiflatish uchun foydalanilganiga e’tibor qaratgan Bozkir, bu davrda xalqaro tizimlar bilan tashkilotlarning surishtiriladigan vaziyatga kelgani va bu tanqidlarning asosli bo‘lishiga qaramay noto‘g‘ri natijalar yaratganini qayd etdi.

Global inqiroz hisoblangan pandemiyaga qarshi birgalikda kurash olib borish, hamkorlik va xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan ishonchni orttirish masalasini qo‘llab – quvvatlashini yetkazgan Bozkir,

“Hech qaysi davlat bu pandemiyani yakka o‘zi yengolmaydi. Ijtimoiy masofa xalqaro miqyosda yordam berolmaydi. Bir tomonli qadamlar pandemiyani faqatgina kuchaytirib, bizni mushtarak maqsadimizdan uzoqlashtiradi. Bunday vaziyatlarda BMT qoq markazda o‘rin olgan ko‘p tomonli hamkorlik va xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan ishonchni orttirsh masalasi mushtarak javogarchiligimizdir.” dedi.

Iyun oyida Bosh assambleyada 178 ta mamlakatning qo‘llab – quvvatlashi bilan Turkiya nomidan birinchi marotaba BMT Bosh assambleyasi prezidentligiga saylangan Bozkir, 2021 – yilning sentabr oyigacha vazifasini davom ettiradi. 



Aloqador xabarlar