Mavlud Chavusho'g’li:"Yevroittifoqning sharqiy O’rta yer dengizidagi pozitsiyasi nohaqlikdir"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li videokonferensiya shaklida bo’lib o’tgan Yevroparlamentning tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitasi anjumanida sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolarga munosabat bildirdi.

1488713
Mavlud Chavusho'g’li:"Yevroittifoqning sharqiy O’rta yer dengizidagi pozitsiyasi nohaqlikdir"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li videokonferensiya shaklida bo’lib o’tgan Yevroparlamentning tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitasi anjumanida sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolarga munosabat bildirdi.

U Yevroittifoqning sharqiy O’rta yer dengizida xalqaro mahkama kabi munosabatda bo’lganligiga diqqat qaratdi.

“Yevroittifoqning sharqiy O’rta yer dengizidagi pozitsiyasi nohaqlikdir va xalqaro huquqqa hilofdir”,-deb aytgan Mavlud Chavusho'g’li.

Turkiya-Yevroittifoq munosabatlari bequsur emasligiga e’tibor qaratgan Mavlud Chavusho'g’li: “Bu holat bizning samimiy muloqot qilishimizga to’sqinlik qilmasligi kerak”,-dedi.

Mavlud Chavusho'g’li Turkiyaning sharqiy O’rta yer dengizi bo’yicha ikki tomonlama siyosati haqida shunday dedi:

“Birinchi tomon sharqiy O’rta yer dengizida dengiz shelfini cheklash bilan bog’liq. Turkiya Gretsiya va boshqa sharqiy O’rta yer dengiziga chegaradosh davlatlar bilan muzokara olib borishga doimo tayyor. Ikkinchisi, Kiprlik turklarning manfaatini himoya qilish bilan bog’liq. Kiprlik turklar orolning va dengizdagi tabiiy boyliklarning mushtarak egasidir. Shuningdek, yunonlar bilan teng huquqlidir. Bu ayni vaqtda o’n yillar avval BMT tomonidan qabul qilingan tamoyildir. Sharqiy O’rta yer dengizidagi mavjud taranglik Gretsiyaning Turkiya va Kiprlik turklarning huquqini poymol qilgan bir tomonlama tashabbuslaridan kelib chiqmoqda”.

Mavlud Chavusho'g’lining ta’kidlashicha, Yevroittifoq Ispaniya, Ukraina, Sloveniya va Xorvatiya kabi davlatlarning dengiz shelfi bo’yicha kelishmovchiliklar bo’yicha betaraf bo’lmoqda.

“Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar bo’yicha Yevroittifoq bir tomonning huquqini himoya qilgan xalqaro mahkama kabi munosabatda bo’lmoqda. Hatto, Yevropa Adolat devoni ham davlatlarning dengiz chegaralari bo’yicha kelishmovchiliklarni hal qilishga haqqi yo’qligini ilgari surar ekan, afsuski, Yevroittifoq bir tomonning tarafini tutmoqda. Shu sababli Yevroittifoqning sharqiy O’rta yer dengizidagi pozitsiyasi nohaqlikdir va xalqaro huquqqa hilofdir”,-deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li.



Aloqador xabarlar