TIV, Makronning Turkiyaga bo‘lgan munosabatining sababiga e’tibor qaratdi

Tashqi Ishlar vazirligi, Fransiya Prezidenti Makronning Turkiyaga bo‘lgan munosabatining sababiga e’tibor qaratdi.

1488374
TIV, Makronning Turkiyaga bo‘lgan munosabatining sababiga e’tibor qaratdi

Tashqi Ishlar vazirligi, tashqi siyosatdagi barcha yashirin rejalarini buzgani uchun Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning alamidan Turkiyaga hujum qilganini qayd etdi.

Tashqi Ishlar vazirligi, Emmanuel Makronning bayonotlariga javob berdi va unda:

“Fransiya Prezidenti Makron yana avvalgidek mustamlakachi tusdagi reflekslari bilan manmansirab, baland ketib saboq berishga uringan bayonot beripdi. Aslida Makronning bayonotlari o‘z ojizligi va chorasizligining tashqariga ask etishidir.

Zero, butun dunyoda bemalol bilgani qiladigan kunlar ortda qoldi. Tashqi siyosatdagi barcha yashirin rejalari, kirli o‘yinlarini buzganimiz uchun Makron ichidagi alamiga chiday olmayhar har kuni, tinimzsiz Turkiya va Hurmatli prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga hujum qilmoqda.” deyildi.

Prezident Erdo‘g‘anning Yevropada eng ko‘p ovoz bilan saylangan liderlardan biri ekanligi ta’kidlangan bayonotda,

“Hurmatli Prezidentimiz kuchini har doim turk xalqidan oldi. Turk xalqi va hukumati, bundaylar oldida har doim bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqargan va bundan buyon ham shunday bo‘lishni davom etadi.” degan ifodalarga o‘rin berildi.

Sharqiy O‘rta yer dengizi yoki bosh mintaqada qaysidir o‘lkaning dengiz haqqi va huquqini belgilash Makronning haddiga emasligi ifoda etilgan bayonotda,

“Fransiya bir tomonli va ig‘vogar tusda qadamlar tashlagan shuningdek, Yevropa ittifoqini o‘zining tor ko‘z qarashdagi manfaatlari uchun garovga olgan Gretsiya va Kiprning grek qismi yetakchiligining bilib bilmay advokatligini qilish o‘rniga murosaga kelish yo‘llari, qolaversa muloqat yo‘lini qo‘llab – quvvatlashi kerak. Bu yevropalik bo‘lishimiz va NATO bo‘yicha ittifoqdoshligimiz uchun ham keraklidir.” deyildi.

Makronning shaxsiy va milliyatchi mavjud munosabati bilan taranglik yaratgani, Yevropa va Yevropa ittifoqining buyuk manfaatlarini ham xavf ostiga qo‘yganiga e’tibor qaratilgan bayonotda,

“Sharqiy O‘rta yer dengiziga chegara ham bo‘lmagan va mintaqada haligacha mustamlakchilik tushunchasi bilan harakat qilgan Fransiyaning Turkiyaning mintaqadagi sherikligini, samimiyatini, hamkorlik va insoniy tashqi siyosatini tanqid qilishi butunlay nomuvofiqlikdir. Borgan sari xalq yordami kamaygan Makronning ojizligini fransuz xalqining qaroriga qo‘yib beramiz.” degan ifodalarga o‘rin berildi. 



Aloqador xabarlar