Turkiya Marokashning Liviyadagi siyosiy inqirozga barham berish bo’yicha sa’y-harakatini taqdirladi
“Marokashning Liviyadagi siyosiy inqirozga barham berish bo’yicha olib borayotgan sa’y-harakatlarini taqdirlaymiz”,-deb ma’lum qiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Aksoy.

Turkiya Marokash hukumatining Liviyadagi siyosiy inqirozga barham berish bo’yicha olib borayotgan sa’y-harakatlarini taqdirladi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Aksoy ma’lum qildi.
“Marokashning Liviyadagi siyosiy inqirozga barham berish bo’yicha olib borayotgan sa’y-harakatlarini taqdirlaymiz”,-deb ma’lum qiladi Hami Aksoy.
“Turkiya azaldan beri Liviyadagi siyosiy inqirozni BMT xavfsizlik kengashi qarorlari asosida, liviyaliklar o’rtasida hal qilish kerakligini ilgari surmoqda”,-dedi Hami Aksoy.
Ta’kidlanishicha, Marokash bundan avval ham Liviyada siyosiy kelishuv tuzish bo’yicha muzokaralarga mezbonlik qilgandi.
“Turkiya ushbu muzokaralarni qo’llab-quvvatlagandi va tashqi ishlar vazirimiz Mavlud Chavusho’g’li kelishuvni imzolash marosimida ishtirok etgandi. Marokashning Liviyadagi siyosiy inqirozga barham berish bo’yicha olib borayotgan sa’y-harakatlarini taqdirlaymiz”,-deb ma’lum qiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Aksoy.
Shu kunlarda esa Marokash hukumati mezbonligida mamlakatning Buznika shahrida Liviya inqiroziga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tadi.