Erdo‘g‘an, Covid - 19 o‘lim va kasallik holatidagi ortishdan terang qayg‘uda ekanliklarini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Covid - 19 o‘lim va kasallik holatidagi ortishdan terang qayg‘uda ekanliklarini qayd etdi.

1486614
Erdo‘g‘an, Covid - 19 o‘lim va kasallik holatidagi ortishdan terang qayg‘uda ekanliklarini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yangi turdagi koronsvirus (Covid - 19) pandemiyasi tufayli o‘lim va kasallik holatidagi ortishdan terang qayg‘uda ekanliklarini qayd etdi.

Kabina yig‘ilishi ortidan bayonot bergan Erdo‘g‘an,

“Mavjud vaziyatni qabul qilish imkonsiz. Ortishlardan havotirdamiz.” dedi.

Erdo‘g‘an mavsumiy kasalliklar boshlamay turib kundalik holat sonini 100 dan oz, vafot sonini esa iloji bo‘lsa umuman yo‘q qilish kerakligini ta’kidladi.

Covid – 19 chora va tadbirlari doirasida jamoat transportlarda cheklangan sonda yo‘lovchi olinishi, kafe va restoranlarning qoidalarga amal qilinishi jihatidan avvalgiga qaraganda yana – da qattiq nazorat qilinishini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“Muammoni yana – da yaxshirok tomondan hal qilish yo‘lini izlab topgunga qadar hayotimizni tozalik, niqob, ijtimoiy masofa qoidalariga ko‘ra takror tartibga solamiz.” dedi.

Ishlab chiqarish faoliyatlarining to‘xtamasligi uchun barcha choralar ko‘rilganini yetkazgan Erdo‘g‘an, Turkiyaning, yilning ikkinchi choragida kutilganidek kamayish kuzatilishiga qaramay rivojlangan mamlakatlar doxil dunyoning bir necha davlatidan yana – da yaxhi vaziyatda ekanligini, barcha ma’lumotlarning uchinchi chorakda muammoning hal qilinishini ko‘rsatganini ma’lum qildi.

Prezident pandemiya yuzasidan ham yuzma – yuz, ham da uzoqdan ta’lim tizimining birgalikda yuritilishini belgilab o‘tgan holda, oilalarning tanloviga ko‘ra maktabgacha va boshlang‘ich 1 – sinif o‘quvchilardan e’tiboran o‘quv yiliga boshlanishini bildirdi.



Aloqador xabarlar