“Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi, Egeydagi faoliyatlari aslida haq va adolat izlanishi."

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an: “Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi, Egeydagi faoliyatlari aslida haq va adolat izlanishi."

1482809
“Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi, Egeydagi faoliyatlari aslida haq va adolat izlanishi."

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi, Egeydagi faoliyatlarining aslida haq va adolat izlanishi ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an Beshtepa (Anqaraning Yenimahalle tumaniga qarashli mahalla) dagi Xalq kongressi va madaniyat markazida uyushtirilgan 2020 – 2021 Adliy yili ochilish marosimida so‘zlagan nutqida o‘zlarini buyuk, kuchli, obod va yengilmaz hisoblagan davlatlarning zolimliklarini yopti – yopti qilishga, bundan buyon siyosiy va diplomatik gaplarning kuchi yetmasligini bildirdi.

Erdo‘g‘an demokratiya, xavfsizlik va farovonlikka ma’lum jamiyatlarning ega ekanligini, qolganlarining esa, ularga xizmat qilishdan boshqa hech qanday ahamiyati yoq‘ligi haqidagi noto‘g‘ri tushunchaning yaqqol o‘rtaga chiqqanini ifoda etdi.

Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi, Egeydagi faoliyatlarining aslida haq va adolat izlanishi ekanligini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Turkiyani 780 ming kvadrat kilometrlik ulkan maydoniga qaramay 10 kvadrat kilometrlik bir orol ustidan qirg‘oqlariga qamash tashabbusi, nohaqlik va adolatsizlikning ochiq – oydin ko‘rsatkichidir.” deya gapirdi.

Atrofidagi har bir o‘lkaning haqqi bo‘lgan O‘rta yer dengizi boyliklari ustiga o‘zini tashlash say – harakatining, to‘liq zamonaviy mustamlakachilik o‘rnagi ekanligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Bundan buyon soya o‘yinidan charchadik. Hatto o‘ziga ham foydasi yo‘q bir davlatni Turkiya kabi mintaqaviy va madaniy kuch oldiga tashlab yem qilishga urinishlik, to‘g‘risi kulguli bola boshladi. Adovat jabhalari qanchalik birlashishiga qaramay Turkiyaning o‘sishini to‘xtata olmaydi.”



Aloqador xabarlar