Mavlud Chavusho’g’li Meis oroliga qo’shin joylashtirish iddaolariga munosabat bildirdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li agarda, Gretsiya Meis oroliga qo’shin joylashtirsa, yutkizgan tomon Gretsiya bo’lishini ma’lum qildi.

1482844
Mavlud Chavusho’g’li Meis oroliga qo’shin joylashtirish iddaolariga munosabat bildirdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Anqarada Jazoir tashqi ishlar vaziri Sabri Boukadoum bilan o’tkazilgan matbuot anjumanida Gretsiyaning Meis oroliga qo’shin joylashtirishiga munosabat bildirdi.

Mavlud Chavusho’g’li agarda Gretsiya Meis oroliga qo’shin joylashtirsa, yutkizgan tomon Gretsiya bo’lishini ma’lum qildi.

“Gretsiya matbuotda tarqalgan xabarlardan so’ng, harbiylar navbat almashtirganini aytdi. Agarda, orolda qurollanish holati sezadigan bo’lsak, bundan Gretsiya zarar ko’radi. Gretsiya Yevroittifoqning qo’llab-quvvatlovi bilan xalqaro huquqqa hilof ravishda qadam tashlayabdi. Biz hech kimning haqqini yemaymiz, o’z haqqimizni ham hech kimga yedirib qo’ymaymiz. Bunda Gretsiya tomoni zarar ko’radi. Tashqi kuchlarning gapiga uchib, Turkiyaga qarshi nojo’ya harakat qilmang!”,-deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li.

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiya tomonlar bilan muzokara o’tkazib, haqni adolatli taqsimlash tarafdori.

 


Tanlangan kalimalar: #Meis oroli , #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar