Turkiyada 30 avgust – G’alaba bayramining 98 yilligi keng nishonlanmoqda

Shu munosabat bilan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchiligidagi davlat arboblari Otaturk qabri joylashgan Anitkabir majmuasida bo’ldi. Erdo’g’an Anitkabir xotira daftarini imzoladi.

1481592
Turkiyada 30 avgust – G’alaba bayramining 98 yilligi keng nishonlanmoqda

 

Bugun Turkiyada 30 avgust – G’alaba bayramining 98 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchiligidagi davlat arboblari Otaturk qabri joylashgan Anitkabir majmuasida bo’ldi. Erdo’g’an Anitkabir xotira daftarini imzoladi.

“Aziz Otaturk! Buyuk G’alabaning 98 yilligi munosabati bilan zoti oliylarini va aziz shahidlarimizni yana bir bor hurmat bilan yodga olamiz. Bizga meros qilib qoldirgan Turkiya Respublikasini ulug’lash va cho’kkiga olib chiqishga harakat qilyabmiz. Respublikamizning 100 yilligi nishonlanadigan 2023 yilni iqtisodiy, siyosiy, harbiy va diplomatik jihatdan yana-da kuchli, mustahkam, mustaqil va farovon davlat sifatida kutib olishga qat’iymiz. Suriya, Liviya, Qora dengiz, sharqiy O’rta yer dengizi va boshqa turli yo’nalishlar bo’yicha qo’lga kiritilgan yutuqlar mamlakatimizning haq va manfaatlarini himoya qilishdagi qat’iy irodamizni namoyon qiladi. Turkiya ayniqsa, sharqiy O’rta yer dengizida tahdid va shantajlarga bo’yin egmaydi. Xalqaro huquq va ikki tomonlama bitimlar asosida o’z haq va manfaatlarini himoya qiladi. Ruhing shod bo’lsin!”,-deb yozdi prezident Erdo’g’an Anitkabir xotira daftariga.



Aloqador xabarlar