Prezident Erdo‘g‘an, hamma tomonidan katta qiziqish bilan kutilgan “suyunchli” xabarni berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, hamma tomonidan katta qiziqish bilan kutilgan “suyunchli” xabarni berdi.

1477013
Prezident Erdo‘g‘an, hamma tomonidan katta qiziqish bilan kutilgan “suyunchli” xabarni berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, hamma tomonidan katta qiziqish bilan kutilgan “suyunchli” xabarni berdi.

Mavzu haqida Istanbulda joylashgan Do‘lmabaxchedagi ofisida bayonot bergan Prezident Erdo‘g‘an, tarixning eng yirik tabiiy gaz kashfiyotining Qora dengizda amalga oshirilganini e’lon qildi.   

Erdo‘g‘an,

“Fotih burg‘ulash kemasi 2020 – yilning 20 – iyuli kuni boshlagan Tuna – 1 sohasidagi faoliyatida 320 milliard kub metr tabiiy gaz zaxirasi topdi. Bu amaliyot butunlay, milliy imkonlar asosida amalga oshdi. Sohadan qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar, ayni hududda yangi tabiiy gaz zaxirasi borligini ko‘rsatmoqda. Maqsadimiz, 2023 – yili Qora dengiz gazini xalqimizning foydalanishiga taqdim etishdir.” dedi.

Erdo‘g‘an,

“Endilikda, vaqtni qo‘ldan boy bermay aniqlangan nuqtalarni ochishni boshlaydi. Ortidan ishlab chiqarish jadvalini belgilab olib, qurilish ishlarini boshlaymiz.” deya gapirdi.    



Aloqador xabarlar