Bayraktar AKINCI ShUHV 20 ming fut balandlik testini muvaffaqiyatli ravishda tamomladi

Bayraktar AKINCI ShUHV (shtrumchi uchuvchisiz havo vositasi) 20 ming fut balandlik testini muvaffaqiyatli ravishda tamomladi.

1476273
Bayraktar AKINCI ShUHV 20 ming fut balandlik testini muvaffaqiyatli ravishda tamomladi

BAYKAR tomonidan mahalliy va milliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan Bayraktar AKINCI (Akinji) shtrumchi uchuvchisiz havo vositasining ikkinchi prototipi, Chorlu Havo maydoni qo‘mondonligida o‘rin olgan Bayraktar AKINCI Uchish va mashq qilish markazida amalga oshirilgan ikkinchi uchish testini ham muvaffaqiyatli ravishda tamomlandi.  

BAYKAR tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Bayraktar AKINCI ShUHVning ikkinchi prototipi, Baykar texnik direktori Selchuk Bayraktarning yetakchiligida amalga oshirilgan test uchishlarida o‘rtacha 20 ming fut balandlikda (qariyb 6.1 km) 2 soat 26 daqiqa havoda qolgan.

Ushbu testlar ortidan takror yerga qo‘ngan Bayraktar AKINCI ShUHVning ikkinchi prototipining ikkinchi, jami to‘rtinchi uchish testi ham muvaffaqiyatli ravishda o‘z nihoyasiga yetdi.

Bayraktar AKINCI ShUHV, ilk prototipi bilan birinchi uchishini 2019 – yilning 6 –dekabri kuni amalga oshirgandi.

Test asosida 16 daqiqa uchgan Bayraktar AKINCI, 2020 – yilning 10 – yanvari kuni esa Tizimni to‘g‘rilash testi uchun 1 soat 6 daqiqa uchgan.

Yilning oxirigacha birinchisini topshirish rejalashtirilgan Bayraktar AKINCI ShUHV loyihasining uchinchi prototipining integratisya jarayoni Baykar Milliy Qurolli uchuvchisiz havo vositasi Ar – Ge va ishlab chiqarish markazida davom etmoqda.

Uchinchi prototip esa integratsiyaning tamomlanishi ortidan test uchishlarini ijro etishi uchun Chorlu havo maydon qo‘mondonligiga yuboriladi.



Aloqador xabarlar