Turkiya Bayrut portida qidiruv va qutqaruv faoliyatlarini boshlatdi

Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish idorasi hay’ati, portlash yuz bergan Bayrut portida qidiruv va qutqaruv ishlariga kirishdi.

1468837
Turkiya Bayrut portida qidiruv va qutqaruv faoliyatlarini boshlatdi

Turkiya Livan poytaxti Bayrutda qurbonlardan tashqari qariyb 10 milliard dollarlik moddiy ziyonga yo‘l ochgan shiddatli portlash ortidan mamlakatga yordam berish uchun faoliyat boshlatdi.

Shu doirada Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish idorasi hay’ati, portlash yuz bergan Bayrut portida qidiruv va qutqaruv ishlariga kirishdi.

Turk Qurolli kuchlariga oid A 400 M rusumidagi harbiy yuk tashuvchi uchog‘i, Sog‘likni Saqlash vazirligi, Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish idorasi va Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan tayyorlangan ashyolarni tunov kuni oqshom, iqtisodiy inqiroz kun o‘tgan sari terang tus olgan va seshanba kuni yuz bergan portlash bilan poytaxti falokat zonasi deb e’lon qilingan Livanga topshirdi. 

Yordam ashyolari bilan birga Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish idorasi rahbari Mehmet Gulluo‘g‘lu yetakchiligida Bayrutga borgan Turk hay’ati, kecha portlash yuz bergan mintaqada qidiruv va qutqaruv faoliyatlarini boshlatdi.

Turk hay’ati shuningdek, mahalliy va yordam faoliyatlari uchun Bayrutga borgan xalqaro guruhlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishlari asosida o‘z faoliyatlarini, bugun ham davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz,

Bayrut portida 4 – avgust kuni portlaguvchi moddalar joylashtirilgan 12 – omborxonada avvalom yong‘in, ortidan esa katta portlash kelib chiqqandi.

Mamlakatning Sog‘likni Saqlash vaziri Hamad Hasan, voqeada vafot etganlar sonining 135 nafarga chiqqanini shuningdek, qariyb 5 ming kishining tan jarohati olganini, eng yomoni o‘nlab kishining bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bayrut , #Bayrut porti

Aloqador xabarlar