Turkiya Argentinaga insonparvarlik yordami yubordi

Turkiyaning Argentinadagi favqulodda va muhtor elchisi Shefik Vural Altay Turkiyadan yuborilgan 20 mingta himoyalovchi jarrohlik niqobini Buenos Aires shtatiga qarashli La Plata shahridagi El Dique shifoxonasi vakillariga topshirdi.

1467902
Turkiya Argentinaga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turkiya COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Argentinaga tibbiy himoya ashyolari hamda dori-darmonlardan iborat insonparvarlik yordami yubordi.

Turkiyaning Argentinadagi favqulodda va muhtor elchisi Shefik Vural Altay Turkiyadan yuborilgan 20 mingta himoyalovchi jarrohlik niqobini Buenos Aires shtatiga qarashli La Plata shahridagi El Dique shifoxonasi vakillariga topshirdi.

Turkiya elchisi niqoblarni topshirishdan avval Buenos Aires shtati hokimi Karlos Bianko bilan uchrashdi.

Pandemiya global muammo ekanligiga e’tibor qaratgan elchi Altay shunday dedi: “Turkiya bilan Argentina o’rtasidagi masofa uzoq bo’lishi mumkin, lekin qalbimiz sizlar bilan birga. Pandemiyaga qarshi kurashingizni qo’llab-quvvatlaymiz. Bu kurashda sizlarga yordam berishdan bahtiyormiz”.

Buenos Aires shtatining xalqaro aloqalar bo’yicha maslahatchisi Viktoriya Anadon ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka to’xtalib, insonparvarlik yordami yuborganligi munosabati bilan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

So’nggi kunlarda koronavirusning tarqalishi sezilarli darajada avj olgan Argentinada shu kungacha 4 mingdan ortiq inson virus qurboniga aylandi. Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 213 mingdan oshdi.

 

 



Aloqador xabarlar