Ali Erbash, “Ayo Sofiya buyuk masjidi darvozasi barchaga ochiq.”

Turkiya Din Ishlari boshqarmasi yetakchisi Ali Erbash, Ayo Sofiya buyuk masjidi darvozasining barchaga ochiq ekanligini qayd etdi.

1466847
Ali Erbash, “Ayo Sofiya buyuk masjidi darvozasi barchaga ochiq.”

Turkiya Din Ishlari boshqarmasi yetakchisi Ali Erbash, Ayo Sofiya buyuk masjidi darvozasining barchaga ochiq ekanligini qayd etdi.

Erbash, mamlakatning Duzje viloyatida jurnalistlarga bergan bayonotida, Ayo Sofiya buyuk masjidining 24 – iyul kuni ibodatga ochilishi bilan 86 yillik hasratning va nihoyat tugaganini belgilab o‘tdi.

Erbash bu haqida,

“Ayo Sofiyaning ibodatga ochilishi ham xalqimiz ham butun insoniyat uchun yaxshi yangilik bo‘ldi. Nafaqat musulmonlar balki har kuni o‘n minglab inson kelib ziyorat qilmoqda. Shunday ekan Ayo Sofiyaning darvozasi, butun insoniyat uchun ochiqdir” deya gapirdi.

Erbash, Din Ishlar boshqarmasi, Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi jamg‘armalar bosh boshqarmasi, Istanbul shahar hokimligi hamkorligida Ayo Sofiyada eng chiroyli xizmat berishga harakat qilayotganliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.  



Aloqador xabarlar