Turkiya BAAni BMT bitimlarini oyoq osti qilganlikda aybladi

Turkiya milliy mudofaa vazirligi Birlashgan Arab Amirliklarini Suriya, Liviya, Yaman va Somali kabi davlatlarda barqarorlikka putur yetkazuvchi faoliyatlarga qo’l urayotganlikda aybladi.

1466504
Turkiya BAAni BMT bitimlarini oyoq osti qilganlikda aybladi

 

Turkiya milliy mudofaa vazirligi Birlashgan Arab Amirliklarini Suriya, Liviya, Yaman va Somali kabi davlatlarda barqarorlikka putur yetkazuvchi faoliyatlarga qo’l urayotganlikda aybladi.

“Birlashgan Arab Amirliklarining Suriya, Liviya, Yaman va Somali kabi davlatlarda BMT bitimlarini va olamshumul qadriyatlarni oyoq osti qiluvchi xatti-harakatlarni ijobiy baholash va unga ko’rsatilgan e’tirozlarni xuddi arablarga nisbatan ko’rsatilgandek qilib aks ettirishi behuda g’ayrat. Arab xalqi bizning do’stimizdir. Abu Dabi hukumati va uni qo’llab-quvvatlagan hukumatlarni o’ylab ish qilishga chaqiramiz. Bahrayn hukumatiga xozirda qo’llab-quvvatlayotgan davlatlar o’tmishda o’sha mintaqalarda nimalarga qo’l urganini eslatishni farz deb bilamiz. Mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik to’ntaruvchi hukumatlarning yonida turib emas, balki qonun asosida ish tutganlar oldida turgan holda himoya qilinishi mumkin”,-deyiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonotida.

Shuningdek, Turkiya Liviya bilan 500 yillik mushtarak tarixiy va madaniy aloqalarga ega ekanligi eslatildi va “Liviya Liviya xalqining mulkidir” degan shior bilan harakat qilganligi qayd etildi.

“Turkiyaning maqsadi milliy kelishuv hukumati yetakchiligida butun Liviya xalqini o’z ichiga oladigan, hududiy yaxlitligi va milliy birdamligi ta’minlangan, mustaqil va farovon Liviyani insho etishdir”,-deyiladi bayonotda.

“Turkiya to’ntaruvchilarning emas, balki BMT tomonidan tan olingan Milliy kelishuv hukumatining taklifi va xalqaro huquq asosida imzolangan ikki tomonlama kelishuvlarga binoan, Liviyaga qadam bosdi. Turkiya Liviyaga harbiy ta’lim va maslahat berish jihatidan yordam ko’rsatib kelmoqda”,-deb ilova qilinadi Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonotida.

 


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Liviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar