Prezident Erdo‘g‘an dunyo liderlari bilan hayitlashdi

Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjon, Eron, Ummon, Turkmaniston, Jazoir, Tunis, Qirg‘iziston, Iroq, Bosniya - Gertsegovina liderlari bilan hayitlashdi.

1465461
Prezident Erdo‘g‘an dunyo liderlari bilan hayitlashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Ummon Sultoni Xaysam bin Toriq, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun, Tunis Prezidenti Qays Said, Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Iroq Prezidenti Barham Solih va Bosniya - Getsegovina Xalqlar majlisi raisi o‘rinbosari Bakir Izetbegovich bilan telefon orqali hayitlashdi.

Prezidentlik apparatining Aloqalar bo‘limi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, muloqat chog‘ida liderlar bir – birini hayit bilan tabriklagan. Shuningdek, ikki tomonli munosabatlarning rivojlantirilishi va mintaqaivy masalalarda hamkorlikning orttirilishi haqida qarorli ekanliklarini ta’kidlaganlar.



Aloqador xabarlar